O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Siyosat

Fransiya Elchisi bilan uchrashuv

05.03.2019Siyosat

2019-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Violen Biyet de Vilmor bilan uchrashdi.

“Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashuv toʻgʻrisida

05.03.2019Siyosat

Doha shahrida (Qatar) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi.

Chegaradosh hududlar hamkorligi yanada faollashadi

05.03.2019Siyosat

Qirgʻiziston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi I.Junusov boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatida boʻldi.

Oʻzbekiston – Janubiy Koreya hukumatlararo qoʻmitasi majlisi

05.03.2019Siyosat

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 4 mart kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – Janubiy Koreya hukumatlararo qoʻmitasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 

Qatar Tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashuv

04.03.2019Siyosat

2019-yilning 4-mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatar Davlati Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbarining O‘mondagi muzokaralari to‘g‘risida

04.03.2019Siyosat

2019-yilning 3-mart kuni amaliy tashrif bilan Qatarga yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Maskat shahrining xalqaro aeroportida qisqa muddatli tranzit to‘xtovini amalga oshirdi va u erda O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vaziri Yusuf bin Alavi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashining Bosh kotibi bilan uchrashuv

03.03.2019Siyosat

2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

BAA Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

02.03.2019Siyosat

2019-yilning 1-mart kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayх Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Rumen Radevni tabrikladi

03.03.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Bolgariya milliy bayrami – Ozodlik kuni bilan Prezident Rumen Radevni tabrikladi.

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

01.03.2019Siyosat

2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi. S.Svaraj Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 46-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri IHT TIVK sessiyasida ishtirok etdi

01.03.2019Siyosat

2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Abu-Dabi shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining (IHT TIVK) 46-sessiyasida ishtirok etdi.

Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi

01.03.2019Siyosat

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida boʻlgan yigʻilishda aytib oʻtdi.

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

01.03.2019Siyosat

1-mart kuni Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Pavel Ergashev Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Bosh vazirga parlament soʻrovi yuborilmoqda

01.03.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi holati hamda ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyoti yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga parlament soʻrovi yuborishga oid masala koʻrib chiqildi.

Namangan viloyati faollari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda

01.03.2019Siyosat

Namangan shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yigʻilish boshlandi.

Toʻqimachilik korxonasi koʻp tarmoqli klasterga aylanmoqda

01.03.2019Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Art Soft Tex Group” korxonasiga tashrif buyurdi.

Prezident Chortoqda turizmni rivojlantirish va ekologik shahar barpo etish boʻyicha topshiriqlar berdi

01.03.2019Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan “Chortoq resorts” sanatoriy-sogʻlomlashtirish markazi bilan tanishdi.