O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Elchisi Bangladesh Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2019-03-11 | Siyosat
2019-yilning 7-mart kuni Dakka shahridagi “Bangababan” qasrida Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bangladesh rahbari marosimdan keyin boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyevga oʻzining samimiy salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazib qoʻyishni soʻradi hamda Bangladesh tomonining Oʻzbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bangladeshda Oʻzbekistonning islomiy qadamjolariga ulkan qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.
Prezident vaqt sinovida oʻtgan ikki tomonlama munosabatlar anʼanaviy/azaldan doʻstona ekanligini qayd etdi va Bangladeshda Oʻzbekiston Elchisining akkreditatsiya qilinishi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning yanada faollashishiga xizmat qiladi deb ishonch bildirdi.