O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xivada Prezident maktabi va Ogahiy nomidagi maktab-internatini qurish ishlari boshlandi

2019-03-09 | Jamiyat

2019 yil 8 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva shahrida Prezident maktabini qurilishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi.

Tantanada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murotov, Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibrohim Joʻrayev, Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov va boshqa tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok qildilar.
 
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.Ramatov tomonidan Prezident maktabini Xiva shahar “Mevaston” mahallasi, Amir Temur koʻchasi, yangi Lokomotiv istirohat bogʻi yonidagi yer maydonida qurish taklifi berildi.
 
Prezident maktabining poydevoriga tamal toshini A.Ramatov hamda F.Ermanovlar qoʻyib, qurilish ishlarini boshlab berdilar.
 
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligining tashabbusiga koʻra 2019 yilda tavalludining 290 yilligi nishonlanadigan shoir, tarjimon, tarixchi va davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ona tili va adabiyoti, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati ochilishi rejalashtirilgan edi. Shu munosabat bilan Ogahiyning uy-muzeyi yonidagi ochiq maydonda ushbu maktab-internati uchun yer ajratildi.
 
Har ikkala yangi qurilish yuzasidan Xiva shahar hokimining Qarori qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari I.Joʻrayev tomonidan 2019 yilda Investitsiya dasturiga tushgan umumtaʼlim maktablarida olib borilayotgan ishlar koʻrib chiqildi va tegishli tavsiyalar berildi.
 
Xorazm viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi
 
X.Bektemirov,OʻzA 

Поделиться