O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligining mutaxassislari IHRTning faoliyati bilan tanishishdi

2019-03-11 | Siyosat

Joriy yilning 5-8-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi tashrif bilan Parij (Fransiya)da boʻldi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (IHRT) faoliyati bilan yaqindan tanishish va ushbu tashkilotning Oʻzbekiston bilan turli yoʻnalishlardagi hamkorligini oʻrnatishdan iborat edi.

Maʼlumot uchun: Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (IHRT) (Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) – Vakillik demokratiyasi va erkin bozor iqtisodiyotini eʼtirof etgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning xalqaro davlatlararo tashkiloti.

Tashrif Adliya vazirligi va Buyuk Britaniyaning Xalqaro davlat hamkorligi agentligi (Government Partnership International of Great Britain oʻrtasida imzolangan Oʻzaro anglashuv memorandumi doirasida tashkil etildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi IHRT qarorgohida IHRTning Yevroosiyo boʻlinmasi vakillari bilan qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Tashkilotning Yevroosiyo boʻlinmasi rahbari Uilyam Tompson delegatsiya vakillarini IHRTning asosiy vazifalari, maqsadlari va faoliyati, shuningdek, uning Oʻzbekiston bilan hamkorlik yunalishlari bilan tanishtirdi. Taʼkidlanganidek, IHRT aʼzo davlatlar bilan oʻzaro tajriba almashish, umumiy muammolarni hal qilish usullarini qidirish hamda ichki va tashqi siyosatni izchil muvofiqlashtirish uchun iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muhokama qilish, rivojlantirish hamda muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan forum hisoblanadi.

Kun tartibidagi asosiy mavzu Markaziy Osiyoda sarmoya va raqobatbardoshlik masalalari muhokama qilishga qaratildi. Xususan, IHRT vakillari tomonidan Oʻzbekistonda biznes yuritish uchun huquqiy muhitni yaxshilashga doir tavsiyalar berildi.

Shuningdek, IHRTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash tarmogʻi vakillari delegatsiyani tarmoq faoliyati, asosiy xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash standartlari bilan tanishtirib, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar siyosatini muhokama qildi.

Поделиться