O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Elchisi BAA Vitse-prezindentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2019-03-07 | Siyosat
2019-yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi Hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga oʻzining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan qisqa suhbat chogʻida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Prezident Shavkat Mirziyoyevga oʻzining chuqur hurmatini izhor etdi va Oʻzbekistonning BAA rahbariyati va xalqi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Taʼkidlanganidek, Amirliklar hukumati ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda oʻzaro munosabatlarni tizimli va foydali asosda rivojlantirishni rejalashtirmoqda.