O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Endilikda emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikatni elektron tarzda olish mumkin

18.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Endilikda Yagona portal orqali “Koronavirusga qarshi emlash” uchun  elektron tarzda navbatga turish bilan birga, emlash to‘liq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish mumkin.

Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

16.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish maqsadida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi (https://e-gov.uz/) tomonidan maxsus 3 ta savoldan iborat so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. 

“Raqamli O‘zbekiston - 2030”. "Olmaliq KMK"da inqilobiy qadamlar

16.08.2021TexnologiyalarManba: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

14-avgust kuni Bosh vazir maslahatchisi Olim Umarov boshchiligidagi ishchi guruh "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

AKT xodimlari uchun yangi va zamonaviy uylar o‘z egalariga topshirildi

16.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan qurilgan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesi hamda Shayxontohur tumanidagi Ibn Sino mavzesida qad rostlagan 210 xonadonli 4 ta to‘qqiz qavatli turar-joy binolaridagi xonadonlarni o‘z egalariga berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yangi va barcha qulayliklarga ega xonadonlar kaliti  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritadigan xodimlarga topshirildi.

O'zbekiston hududlarida "Startap tashabbuslari" dasturining beshinchi davri ishga tushirildi

13.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3-7 avgust kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda yoshlar bandligiga ko'maklashish" qo'shma loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash dasturining 5 davri doirasida Andijon, Namangan, Farg'ona, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan 128 ta startap loyihalari uchun treninglar o'tkazildi.

TATU talabalari uchun Koreyalik mutaxassislar tomonidan onlayn darslar o‘tilmoqda

11.08.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn darslar tashkil etilmoqda.

"World AI & Data Challenge" xalqaro ma'lumotlar xakatoni o'tkaziladi

09.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda joriy yilning 21-22 avgust kunlari mukofot jamg'armasi 5,5 million rubl bo'lgan "World AI & Data Challenge" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ma'lumotlar xakatonini o'tkazadi.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari bilan muhokama qilindi

06.08.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zkomnazorat boshlig‘ining o‘rinbosari D.Rustamov Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Xakimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Navoiy viloyatida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari taqdirlandi

06.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijasiga ko‘ra, TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Navoiy viloyatidan 22 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.

“Raqamli O'zbekiston – 2030”. Suv ta'minotida yangi billing tizimi joriy etiladi

05.08.2021TexnologiyalarManba: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-oktyabrdagi “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq “O'zsuvta'minot” AJ tomonidan ham raqamlashtirish, suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasiga zamonaviy innovatsion tizimlarni joriy etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyatida IT industriyasini yanada rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda

05.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi" MChJ mutasaddilari ishtirokida viloyatda IT industriyasini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Endi chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin

26.07.2021JamiyatManba: O'zA

2021-yil 1-oktyabrga qadar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» hamda «TMEK» axborot tizimlari YAIDXP bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

“IT-Parkning ikki yillik faoliyati doirasida qo‘lga kiritgan natijalari” to‘g‘risida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

23.07.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “Tashkilotning ikki yillik faoliyati doirasida qo‘lga kiritgan natijalari” to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimidagi islohotlar

19.07.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ta’lim berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon sivilizatsiyasi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston va Isroil innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

08.07.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Isroilning sobiq fan va texnologiyalar vaziri Izxor Shay o‘rtasida  onlayn-muzokaralar tashkil etildi

Toshkentda Axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi boshlandi

29.06.2021MDHManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun Toshkentda Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi o‘z ishini boshladi.

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi

26.06.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

O‘zkomnazorat hamda Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati o‘rtasida memorandum imzolandi

23.06.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Joriy yilning 22-iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspert forumi bo‘lib o‘tadi

19.06.2021MDHManba: O'zA

Joriy yil 29-iyun kuni Toshkentda Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspert forumi bo‘lib o‘tadi.