O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Raqamli O‘zbekiston - 2030”. "Olmaliq KMK"da inqilobiy qadamlar

2021-08-16 | Texnologiyalar

14-avgust kuni Bosh vazir maslahatchisi Olim Umarov boshchiligidagi ishchi guruh "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh tarkibida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi rahbariyati va boshqalar taqdimotlarda qatnashishdi.

Qayd etish joiz, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" faoliyatini raqamlashtirish, jumladan logistika jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Yig‘ilishda kombinat tomonidan raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan va rejadagi loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi. 

Ishchi guruh Texnologik transport boshqarmasi va Mis boyitish fabrikasida ham bo‘lishdi hamda jarayonlarni bevosita kuzatishdi.

«Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyati yurtimizda rangli metallurgiya sanoatining bayroqdori hisoblanadi.  Unda qariyb 40 ming kishi mehnat qiladi.

Ishlab chiqarishning ulkan hajmi tufayli, endilikda korxona xom-ashyolar, texnologiya, xodim (kadr)larga bo‘lgan yangicha talab hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiyotni raqamli boshqarish va barcha biznes-jarayonlarni axborotlashtirish orqali nazorat qilishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.

Qog‘ozbozlikdan raqamliga o‘tishning ustunlik jihatlari bisyor. Bu orqali barcha biznes-jarayonlar elektron ko‘rinishda qayd etiladi va bu — ma’lumotlarni yuqori ishonchlilikda saqlash hamda chuqur tahlil qilishga zamin yaratadi. Ishlab chiqarishning raqamli transformatsiyasi esa raqobatbardoshlikni oshirib, uzoq muddatli istiqbolni belgilab beradi.

Korxonada 11 mingta yangi yuqori texnologik ish o‘rinlarining yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu yosh yigit-qizlar uchun geolog, muhandis, texnolog, loyihachi, dasturchi va boshqa zamonaviy kasb-hunarlarni egallash imkonini beradi. Qolaversa, istiqbolli loyihalarning bajarilishi barobarida chet ellik investorlar uchun ham imkoniyatlar kengayadi.  

Manba: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Поделиться