O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TATU talabalari uchun Koreyalik mutaxassislar tomonidan onlayn darslar o‘tilmoqda
2021-08-11 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn darslar tashkil etilmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Koreyaning KAIST universiteti magistrantlari tomonidan Photoshop va grafik dizayn bo‘yicha, Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) mutahassislari ishtirokida esa Pythonda dasturlash hamda Sun’iy intellektga oid mavzular bo‘yicha trening kurslari o‘tkazilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi