O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zkomnazorat hamda Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati o‘rtasida memorandum imzolandi
2021-06-23 | Texnologiyalar
Joriy yilning 22-iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi prezidentlarining sa’y-harakatlari bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari aniq amaliy mazmun bilan boyigani alohida ta’kidlangan holda, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi, shuningdek O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlik, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi faol muloqot natijalari, hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari va ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjatlar imzolandi.
Xususan, mazkur hujjatlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi aloqa va axborot texnologiyalari sohasida o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur Memorandum O‘zkomnazorat bilan Roskomnadzor o‘rtasida: