O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Navoiy viloyatida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari taqdirlandi
2021-08-06 | Jamiyat
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov natijasiga ko‘ra, TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Navoiy viloyatidan 22 nafar o‘qituvchilar taqdirlandi.
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, Navoiy viloyati hokimi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ishtirok etdi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi