O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryo viloyatida IT industriyasini yanada rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda
2021-08-05 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi" MChJ mutasaddilari ishtirokida viloyatda IT industriyasini yanada rivojlantirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi" MChJ direktori IT Park Sirdaryo filialiga tashrif buyurib, Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari o‘qituvchi-trenerlari bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida viloyat aholi va yoshlarini sohaga qiziqishini yanada oshirish, yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi