O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
2021-08-16 | Jamiyat
Aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish maqsadida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi (https://e-gov.uz/) tomonidan maxsus 3 ta savoldan iborat so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnoma natijalaridan kelib chiqqan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalida yangi xizmatlar joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
So‘rovnoma savollariga quyidagi havola orqali javob berish mumkin:
link.egov.uz/newservicesurveyuz
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi