O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Isroil innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

2021-07-08 | Iqtisodiyot

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Isroilning sobiq fan va texnologiyalar vaziri Izxor Shay o‘rtasida  onlayn-muzokaralar tashkil etildi

Muloqot chog‘ida  Isroil tomoni O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat infratizimini rivojlantirish,  innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish, huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Ekotizim startap-loyihalarini ishlab chiqishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish,  xorijiy investorlar ishtirokida maxsus ixtisoslashgan laboratoriyalar, yuqori texnologik markazlar,  texnoparklarni yaratish manzilli qo‘llab-quvvatlanayotgani va rag‘batlantirilayotgani taʼkidlandi.

Izxor Shay O‘zbekistonning innovatsion siyosat bo‘yicha keng qamrovli islohotlarini yuqori baholadi, Isroilda ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajriba haqida so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, suhbat davomida Isroil tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekistonning innovatsion salohiyatini yana-da rivojlantirish, shu jumladan xorijiy investorlarga  qulay sharoit yaratishning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritildi.

Izxor Shay ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida innovatsion loyihalar va yuqori texnologiyalar sohasidagi tijorat aloqalarini rivojlantirishga ko‘mak berishga tayyorligini taʼkidladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться