O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi boshlandi

2021-06-29 | MDH

Bugun Toshkentda Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi o‘z ishini boshladi.

Forum O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro anjumanda MDH davlatlaridan 50 dan ziyod ekspert, xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlarining yetakchi tahliliy markazlarining vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etadi. Gibrid formatda  o‘tkaziladigan tadbirda xorijiy ishtirokchilar onlayn shaklda qatnashadi.

Ushbu forumni o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining 2019 va 2020 yillardagi sammitlarida ilgari surilgan edi.

Tadbir kun tartibida quyidagi xalqaro hamkorlikka oid  muhim masalalar muhokamasi o‘rin olgan:

- raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida axborot xavfsizligini taʼminlash;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda jinoyatlarga qarshi kurashish;

- axborot infratuzilmasi obyektlarini texnik himoya qilish va kiberjinoyatlarni tergov qilish;

- axborot muhitida inson huquq va yerkinliklarini himoya qilish.

Forum yakunida Axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari bo‘yicha xalqaro MDH ekspert forumining yakuniy hujjati qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjat Hamdo‘stlik doirasida axborot xavfsizligi sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться