O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
2021-06-26 | Texnologiyalar
Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.
Shunday o‘quv markazlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi viloyatda tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.
Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filiali, “O‘zkomnazorat” hududiy inspeksiyasi, IT Park viloyat filiali, Sardoba tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari va yoshlari ishtirok etdi.
Shuningdek, o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi doirasida yoshlar o‘rtasida FIFA yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi