O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihalarining ijrosi Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari bilan muhokama qilindi
2021-08-06 | Texnologiyalar
Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zkomnazorat boshlig‘ining o‘rinbosari D.Rustamov Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Xakimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6079-son Farmoni bilan yuklatilgan vazifalarning ijro holati hamda ular ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Kamchilik hamda kechikishlarni bartaraf etish, ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, viloyatning raqamli rivojlanish darajasini «qizil» ro‘yxatdan chiqarish va hududlardagi ijtimoiy soha ob’ektlarini telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati muhokama etildi.