O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Toshkentda "Uzbekistan Trade Info" savdo axboroti platformasi ishga tushirildi

23.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-noyabr kuni Tashkent Citydagi Hilton mehmonxonasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, UNCTAD/JST xalqaro savdo markazi (XSM) hamkorligida ishlab chiqilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Ready4Trade Central Asia” loyihasi doirasida savdo qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil axborot beruvchi Uzbekistan Trade Info platformasini ishga tushirish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi.

Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv

22.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Shaharlarni rivojlantirish, shaharsozlik va uy-joy boshqarmasi loyiha menejeri Karine Frouine boshchiligidagi Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha birlamchi dilerlar uchun ilk auksion savdosini tashkillashtirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi

22.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 21-noyabr kuni Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi va 9 ta tijorat banklari ishtirokida Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha birlamchi dilerlar uchun ilk auksion savdosini tashkillashtirish bo‘yicha navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Senatning oʻttiz beshinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasi koʻrib chiqildi

21.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

2022-yilning 18–19-noyabr kunlari Senatning oʻttiz beshinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni koʻrib chiqildi.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

18.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 17-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yangi va quritilgan meva-sabzavotlar eksporti hamda uzumchilik-vinochilik sohasidagi hamkorlik muhokamasi

18.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

18.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi Haoliang Hu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti YEXHT bosh kotibi bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

17.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bosh kotibi Xelga Shmid bilan muzokara o‘tkazdi.

XVJ missiyasi vakillari bilan uchrashuv

17.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (XVJ) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Moliya vaziri Timur Ishmetov, vazir o'rinbosari Axadbek Xaydarov va vazirlik departamenti vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi delegatsiyasini qabul qildi

16.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Calik Holding” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

16.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida “Calik Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi Axmet Chalikni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

16.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

16.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O'zbekiston-Janubiy Koreya: erkin savdo yo'lida

16.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensaloqa orqali O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o'rtasida Erkin savdo to'g'risidagi Bitim yuzasidan kelishish jarayoni doirasida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Badriddin Abidov hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligining erkin savdo shartnomalari masalalari bo'yicha Bosh direktori Yang Gi Uk boshchiligidagi muzokaralar guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish choralari muhokama qilindi

15.11.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi.

EBRD O'zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi

15.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 15-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Markaziy Osiyo bo'yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitayni qabul qildi.

ACWA Power O'zbekistonda o'z faoliyatini kengaytirmoqda

15.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 15-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirinig o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Saudiya Arabistoni ACWA Power kompaniyasi Boshqaruvi Raisi Muhammad Abunayan bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi

15.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

“O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperativlarni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

15.11.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Ron van Rooden bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi

14.11.2022IqtisodiyotManba: O'zA

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.