O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv

2022-11-22 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Shaharlarni rivojlantirish, shaharsozlik va uy-joy boshqarmasi loyiha menejeri Karine Frouine boshchiligidagi Fransiya taraqqiyot agentligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Fransiya taraqqiyot agentligining Toshkentdagi mintaqaviy vakolatxonasi direktori Vincent Caupin, loyihalar bo‘yicha mutaxassislari Sardor Nazarov va Gaëlle Henri, Urbanizatsiya bo‘yicha katta ekspert Guillaume Josse, Urbanizatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ekspert Charlotte Burrier hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining mas’ul departamenti vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan urbanizatsiya siyosati, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, urbanizatsiya darajasini oshirish, yashil loyihalarni hayotga tatbiq etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, xususan, quyosh panellaridan foydalanishni tashkil etish, yashil transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda yashil, inklyuziv, iqtisodiyot tarmoqlarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish maqsadida shakllantirilayotgan master-rejalar, xususan, hududlarning turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi salohiyatini oshirish, energiya samaradorligiga erishish, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, shuningdek, demografik o‘sish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Ma’lumot uchun: Master-reja hudud iqtisodiyotini o‘rta va uzoq muddatda aqilli rejalashtirishning muhim vositasi hisoblanib, u hududni rivojlanish yo‘nalishlari va ixtisoslashuvini, infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojini, aholi va tadbirkorlarning xohish va istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan chora-tadbirlarni hamda tadbirkorlik uchun investitsiyalarni jalb qilish va yer ajratish imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi hujjat hisoblanadi. (Batafsil)

Bugungi kunda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Germaniya hamkorlik agentligi (GIZ) va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qamashi tumanlari iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, xususan, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, xizmatlar, sohalarga axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida master-rejalar shakllantirilib, hayotga tatbiq etilmoqda. (Batafsil)

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться