O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etildi

2022-11-15 | Iqtisodiyot

“O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperativlarni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ushbu qonun loyihasining yakuniy muhokamasiga bag‘ishlangan mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaning afzalliklari, bu borada olib borilgan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Avvalgi qonunda.  Maʼlumki, 1991-yilda “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan edi. Oldinggi qonun loyihasi zamonaviy ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashmagandi. Unda asosan umumiy kooperatsiyalar to‘g‘risida bandlar berilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga oid alohida bandlar keltirilmagan. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bozor mexanizmlari joriy etilib, erkin raqobat muhiti shakllanyapti va bir vaqtning o‘zida klaster, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari hamda kooperativlar faoliyat olib bormoqda.

Yangi qonunga ehtiyoj. Oxirgi yillarda qishloq xo‘jaligida kichik tadbirkorlik sub’yektlari paydo bo‘lmoqda. Ular o‘zaro kooperativlarga birlashgan holda rivojlanish yo‘lini tanlamoqda. Bu  kelgusida ular uchun zaruriy, tashkiliy-huquqiy asosni mustahkam yaratib berishni talab etadi. Kelgusi yillarda kooperativ munosabatlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida rivojlanishini ko‘rsatadi. Bu borada esa xorijning kooperativlarga oid eng ilg‘or tajribalarini, qonunchiligini chuqur o‘rgangan holda yangi qonun loyihasini ishlab chiqilishiga turtki bo‘ldi.

Xorijiy ekspertlar bilan birgalikda. Qonun loyihasi Germaniya davlati qishloq xo‘jaligining kooperativlar faoliyatiga oid uzoq yillik tajribaga ega 3 nafar eksperti bilan birgalikda ishlab chiqildi. Alohida taʼkidlash joiz, bu jarayonda mahalliy ekspertlar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalarning olimlari va amaliyotchilari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida Ishchi guruh bevosita faoliyat yuritayotgan kooperativlar, tomorqa yer egalari, fermerlar bilan birgalikda fikr-mulohazalar almashinib, hamkorlik olib borildi. Yana bir muhim jihati, qonun loyihasini qabul qilishda respublikamizdagi 700 nafardan ortiq fermerlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. So‘rovnomalarda kooperativlar rivojlanib ketmasligining sabablari o‘rganilib, xorijiy ekspertlar tomonidan tahlil qilingan holda, uning yechimlari qonun loyihadan o‘rin oldi.

2021-yilda vazirlikning ichki Ishchi guruhi tomonidan dastlabki qonun loyihasi ishlab chiqilgandi. U 9 bob, 48 moddadan iborat edi. Yangi loyihada esa, ekspert mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqaruvchilarning manfaatlari yanada mustahkamlanishi, xorijiy davlatlar tajribalari chuqur tahlil qilinishi, loyiha yana boyitilishi kerak, degan fikrlar ilgari surildi. Shundan kelib chiqib, yangi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 11 bob, 60 moddadan iborat etib, qaytadan ishlab chiqildi.

Uni barcha tushunadi. Mazkur qonun loyihasi sodda va ravon uslubda, har bir ishlab chiqaruvchi, xususan tomorqa yer egasi, fermer, dehqon tushunadigan tilda bayon etilgan. Unda kooperativning  tashkiliy tuzilmasidan toki uning moliyaviy holati, audit tekshiruvi, davlat va kooperativ o‘rtasidagi munosabatlar, boshqaruv tuzilmasi va boshqa tashkiliy masalalar aniq va batafsil berilgan.

Qonun loyihasi ishlab chiquvchilari muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Endi vazirlik va tegishli idoralarning xulosa beruvchi organlarida onlayn muhokamalar tarzda bo‘lib o‘tadi. Mana shu jarayonlardagi takliflar esa Ishchi guruhining telegram kanali orqali yoritib boriladi.

Kooperativ va klasterlar. Kooperativlarda huquqiy asosning borligi bu qishloq xo‘jaligida raqobat muhitini yanada rivojlantiradi. Yaʼni qishloq xo‘jaligida 800 dan ortiq  agrosanoat klasterlari faoliyat olib bormoqda. Bu o‘z-o‘zidan kooperativga birlashgan fermerlar tomonidan klasterlar bilan hamkorlikda ish tashkil qilish borasida qonun loyihasida aniq moddalar belgilanmoqda. Yaʼni keyinchalik klasterlar mana shu kooperativlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Foyda teng taqsimlanadi. Ushbu qonun loyihasi kichik fermer xo‘jaliklarining bitta kooperativga birlashish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan. Kooperativlar mustaqil, ixtiyoriy boshqaruv bo‘lib, bunda davlatning, mahalliy hokimiyatlarning aralashuvi kuzatilmaydi. Bunda kooperativga aʼzolar ichidan rahbarlar tayinlanadi, kelishilgan holda boshqaruvchi-menejerlar ham ishga olinadi. Pay ulushini qo‘shgan holda o‘zlari kooperativni boshqaradi. Kooperativlar hamma vaqt o‘z aʼzolarini manfaatlarini ko‘zlaydi va himoya qiladi. Kooperativga mustaqil va ixtiyoriy ravishda aʼzo bo‘lgan fermer yakuniy daromaddan ham o‘z ulushini oladi. Yaʼni kooperativda aʼzolar foydalari hisobiga umumiy daromad qilishadi va undan ham ulush olishadi.

Qonun loyihasi quyidagi xalqaro umumeʼtirof etilgan tamoyillarga asoslanadi:

  • Ixtiyoriy va ochiq aʼzolik;
  • Aʼzolar tomonidan demokratik nazorat;
  • Aʼzolarning iqtisodiy ishtiroki;
  • Avtonomlik va mustaqillik;
  • Taʼlim, o‘qitish va axborot;
  • Kooperativlar o‘rtasida hamkorlik;
  • Jamiyat uchun qayg‘urish.

Ushbu qonun loyihasi 2023-yilning 1-fevraligacha muhokama qilinib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться