O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki vakillari bilan uchrashuv
2022-11-18 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 17-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Jahon bankining infratuzilma sektorining mintaqaviy direktori Charlz Korme, Global energiya amaliyoti rahbari Sudeshna Ghosh Banerji, Global transport amaliyoti rahbari Karla Gonsales, mintaqaviy hamkorlik tadbirlari koordinatori Dmitriy Petrin, Infratuzilma dasturi rahbari Antonio Nunes, energetika bo‘yicha yetakchi mutaxassis Manuel va boshqalar vakillar ishtirok etdilar.
Shuningdek, uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti direktori O‘tkirjon Xolbadalov, Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Quvonchbek Mustafoyev, Yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Narimov hamda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuxrat Matkarimov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida iqtisodiy o‘sish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va “yashil” o‘sishni ta’minlash, Mamlakat Iqlimi va Rivojlanish Hisoboti (CCountry Climate and Development Report)ni ishlab chiqish, energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodoyotni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha uzoq-muddatli strategiyani ishlab chiqish, xususan, energetika sohasini dekarbonizatsiya qilish, shuningdek, sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi