O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

16.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi arafasida Singapurda ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

13.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ayni paytda Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi ustida faol ish olib bormoqda. Joriy yilning 10-11 yanvar kunlari Istanbul shahrida tegishli Bitim loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ekspertlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Singapurning ishbilarmon doiralari va yetakchi universitetlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor

13.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining ushbu mamlakatga tashrifi doirasida Singapur ishbilarmon doiralari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Jumladan,  joriy yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Franklin Templeton kompaniyasi rahbari Manraj Sekxon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

12.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonda sanoatni kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda

06.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi hamda tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining eksport, investitsiyaviy va sanoat salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi.

Mamlakatning sanoat salohiyatini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

05.01.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov raisligida videokonferensaloqa tarzida sanoatni kompleks rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish va respublika hududlarida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi

29.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev raisligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

XVJ O‘zbekistonni JSTga kirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor

29.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari Badriddin Abidov Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekistondagi doimiy vakili Kevin Ross bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Turkiya va Xitoyning yirik energetika kompaniyalari O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quradi

29.12.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, g‘olib kompaniyalar aniqlandi.

Hokim yordamchilarining faoliyati va istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan anjuman

28.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi.

Maqsad bir milliard dollar yoki qo‘shni davlatlar iqtisodiy hamkorligidagi yil sarhisobi

26.12.2022SiyosatManba: O'zA

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilning 11 oyida qariyb 503 million dollarni tashkil etdi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga ko‘pdir, deyiladi Tojikiston statistika agentligi tarqatgan ma’lumotda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorlikni kuchaytirmoqda

25.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. 

Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

24.12.2022SiyosatManba: «Xalq So'zi»

Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston va SAP: ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yoʻlida

23.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

23-dekabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih oʻrtasida tor doiradagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

22.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 8-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”da Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari mavzusida davra suhbati tashkil etish belgilangan.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilindi

20.12.2022FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlikning boshqarma boshliqlari, yetakchi mutaxassislari va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston janubi-sharqiy yo‘nalishda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirmoqda

20.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev raisligida videokonferensiya shaklida Xitoy bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik, Ishchi guruhning Pokiston va Singapurga boʻlajak tashriflarining hamda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning joriy yil 21-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifining tashkiliy va mazmun jihatidan yuqori darajada o‘tkazish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyatida investisiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi

16.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 16-dekabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Olimxon Rustamov boshchiligidagi Ishchi guruh a’zolari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bo‘lib, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan tanishdi.

OTB bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

15.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi, Osiyo taraqqiyot banki vakillari va loyiha tashabbuskorlari ishtirokida mazkur Bank hamkorligida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha yakuniy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Milliy aviakompaniyani transformatsiya qilishga oid takliflar ko‘rib chiqildi

14.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni “Uzbekistan airways” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.