O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi delegatsiyasini qabul qildi

2022-11-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiya tarkibida uchrashuvda AQSHning «General Electric», «Procter and Gamble», «Coca-Cola» «CNH Industrial», «John Deere», «Zeppelin» va «Silverleafe» kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Tarkibiga 38 ta yetakchi kompaniya kiruvchi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ikki tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotgani qayd etildi.

Mamlakatlarimiz korxonalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va  qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.

Energetika, kimyo tarmog‘i, mashinasozlik, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Kerolin Lemm palata a’zolarining yurtimizdagi faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun AQSH ishbilarmonlar hamjamiyati nomidan davlatimiz rahbariga tashakkur bildirdi.

Amerika ishbilarmon doiralari vakillari AQSH biznesining o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlarini yuqori baholab, mamlakatimiz bilan investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish uchun ochilayotgan imkoniyatlardan faol foydalanishga intilishini tasdiqladi.

Yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun 2023-yilning birinchi choragida qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться