O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

2022-11-16 | Siyosat

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi energetika quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ushbu turk kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadi.

Boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Mexmet Jengiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi. Mamlakatimizda muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться