O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi
2022-11-14 | Iqtisodiyot
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahri hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur yirik tadbirda mamlakatimizdagi yuzga yaqin korxona, tashkilotlari mahsuloti namoyish etilmoqda.
Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ochib berdi. Har yilgidan o‘zgacha, keng qamrovda tashkil etilgan bu yilgi yarmarkada import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ham namoyish qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari nomenklaturasini oshirish uchun yangi biznes-g‘oyalar shakllantirish imkonini beradi.
Go‘zal Sattorova,
Oybek Pardayev (surat)
Manba: O'zA