O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Fransiya parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashning istiqbollarini muhokama qildi
2021-05-12 | Siyosat
Kecha Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligida O‘zbekiston senatorlarining Fransiya Senati huzuridagi «Fransiya-Markaziy Osiyo» parlamentlararo guruhi raisi Erve Morey boshchiligida ushbu guruh aʼzolari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Parlment yuqori palatasi maʼlum iilishicha, muzokaralar chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yana-da rivojlanayotgan ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi.
Fransiya senatorlari taʼkidlaganidek, parlamentlararo muloqot mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sayyohlik va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv natijasida tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi