O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning birinchi darajali to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda
2021-05-12 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi byudjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlarga ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha zaruriy ishlar amalga oshirmoqda.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini to‘laqonli ta'minlash maqsadida, G‘aznachilik bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida onlayn ravishda ma'lumotlar almashinuvi tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 07 may kuniga G‘aznachilik tomonidan byudjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi hodimlarning byudjet mablag‘lari hisobidan aprel oyi ikkinchi yarmi uchun jami 2 693,9- mlrd. so‘mlik (96 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lab berildi. Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun yakuniy hisob-kitoblar bo‘yicha taqdim etilgan so‘rovnomalarga asosan to‘lab berilishi ta'minlanmoqda.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi