O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-sanoat palatasi ishchi guruhi tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

2021-05-06 | Iqtisodiyot

Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan tuzilgan ishchi guruh vakillari ayni kunlarda Respublikamizning barcha viloyatlarida talbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirkolikka o‘qitish jarayonlari, sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar va tadbirkorlarning mavjud mauammolarini o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Hususan joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Olimjon Murodov "Samarqand tajribasi" asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish uchun Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrifi davomida boshqarma boshlig‘i viloyatning Qiziltepa tumanidagi "Qiziltepa un zavodi" AJ hamda "Navoiy baraka chevarlari" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi va mavjud muammolarni o‘rgandi. 
 
Shu bilan birga Palata vakili tomonidan Qiziltepa, Navbahor G‘azg‘on tumanlarida tashkil etilgan Bosh vazir qabulxonalariga tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash holati, yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va “1+1” loyihasi doirasida o‘qitilayotgan va tadbirkorlarga biriktirilgan yoshlar ko‘rsatkichi chuqur tahlil qilingan holda o‘rganildi.
 
Mutasaddilar bilan uchrashuvlar davomida O.Murodov tomonidan “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

Поделиться