O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Istiqbolli hamkorlik

2021-05-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bank va moliya sohasidagi yuqori malakali mutaxassis va rahbar xodimlarni tayyorlash bo‘yicha asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zining 25 yillik faoliyati mobaynida mazkur akademiya 4 mingdan ortiq mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun xizmat qilayotgan magistr-rahbarlarni tayyorladi. bugungi kunda akademiyaning o‘nlab bitiruvchilari bank va moliya muassasalari, joylardagi davlat boshqaruvi organlarida rahbarlik qilib kelmoqda.

Akademiya “ikkita diplom” modeli bo‘yicha ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish uchun yetakchi chet el ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bu yo‘nalishda esa Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qoshidagi Rossiya davlat xizmati va xalq xo‘jaligi akademiyasi korporativ boshqaruv oliy maktabi (KBOM) potensial hamkor hisoblanadi.

Bank- moliya akademiyasida onlayn tadbir bo‘lib o‘tdi. Bank- moliya akademiyasi rektori Timur Yadgarov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qoshidagi Rossiya davlat xizmati va xalq xo‘jaligi akademiyasi korporativ boshqaruv oliy maktabi rahbari Sergey Organovich Kaledjyan bilan o‘zaro fikr almashib, hamkorlikning istiqboldagi qator yo‘nalishlarini muhokama qildi. 

Jumladan, tomonlarning ta’lim berish tizimini o‘rganish uchun ishchi guruh tashkil qilish, qiziqish bildirayotganlar yuzasidan biznes-tekshiruv tashkil etish, malaka oshirish, seminar va ta’limning boshqa turlarini tashkillashtirish shular jumlasidandir.

–Akademiyada tahsil olishni istovchilar orasidagi o‘tgan yilgi tanlov barcha kutilgan natijalardan ziyoda bo‘ldi, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining Kompotensiyalarni rivojlantirish departamenti direktori Bahrom Niyozmatov. – Bir o‘ringa 30 talabgor bo‘ldi. Istovchilar orasidan eng bilimdonlar saralab olinib, ular Rossiya, Shveysariya va AQSH dan tashrif buyurgan o‘qituvchi-amaliyotchilardan innovatsion dasturlar bo‘yicha tahsil olmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 2021-yilda akademiya o‘z tarixida birinchi marta “Bank ishi”, “Moliya”, “Iqtisodiyot” va “Menedjment” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lishni istovchilar uchun ochiq qabul tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv yakunida esa tomonlar ishtirokida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum Bank-moliya akademiyasi va RXXDBA korporativ boshqaruv oliy maktabining dunyo standartlariga muvofiq xalqaro toifadagi mutaxassislar va rahbarlar tayyorlash borasidagi tajriba va kuchi birlashishiga zamin yaratadi.

Manba: O'zA

Поделиться