O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Irlandiya TIV davlat vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
2021-05-07 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Irlandiya Tashqi ishlar vazirligi davlat vaziri Tomas Birn bilan onlayn-muzokaralar o‘tkazdi
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Irlandiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari hamda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ikki mamlakat o‘rtasida Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, YEXHT, BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish, O‘zbekiston-Irlandiya ishbilarmonlik kengashini yaratish, O‘zbekistonga Irlandiya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb qilgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Irlandiya biznes hamjamiyatiga amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy va sarmoyaviy forumlarda ishtirok etish taklifi bildirildi.
Ta’lim va turizm sohalarida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi