O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madina shahri bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

2021-05-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib turishi doirasida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Madina shahriga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolari bir qator sanoat va madaniyat maskanlarida bo‘ldi. Jumladan, biznes-inkubatorga tashrif davomida aholini hunarmandchilik va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha Saudiya Arabistoni tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, Payg‘ambarimizning hayoti va Islom sivilizasiyasi xalqaro muzeyi ziyorat qilindi va u yerda Saudiya Arabistoni tomoni madaniy va tarixiy merosni targ‘ib qilishda innovasiyalar va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha erishilgan yutuqlarni taqdim etdi.
 
Shuningdek, tashrif chog‘ida Madina mintaqasi amiri shahzoda Faysal bin Salmon al-Saud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda investisiyaviy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Xususan, Samarqand va Madina shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Podshoh Faysal nomidagi Islomshunoslik markazi bilan Toshkent shahridagi Islom sivilizasiyasi markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning salohiyati ham qayd etildi.
 
Uchrashuv yakunida ikkala tomon ham manfaatdor bo‘lgan loyiha va tashabbuslarni ilgari surish maqsadida hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться