O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashning innovatsion yo‘nalishlari tahlil qilindi

2022-12-20 | Fan

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlikning boshqarma boshliqlari, yetakchi mutaxassislari va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fani va amaliyotining innovatsion yo‘nalishlariga bag‘ishlangan davra suhbatida sohaga oid ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda marketing mexanizmlaridan keng foydalanish, fan va texnika yutuqlarini isteʼmolchilarga qisqa fursatda yetkazish uchun hududiy dala ko‘rgazmalari, fermer va mexanizatorlar ishtirokida o‘quv seminarlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti  direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Muhammad Toshboltayev olimlar tomonidan paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchun yaratilgan yangi mashinalar va ularni “Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozlik klasteri” da sanoat usulida ishlab chiqarishning zarurati haqida mulohazalarini bildirdi.

Bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarni tejamkor, hamyonbob, raqamli boshqariladigan texnologiyalar bilan taʼminlash davr talabi. Bu o‘z navbatida yangi texnikalarni loyihalashtirish, namunalarni yaratish va dala sinovlaridan o‘tkazish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

Tadbir so‘nggida xalqaro grantlarni jalb qilish orqali mashinalarning eksportbopligini taʼminlash, sohada “fan-ishlab chiqarish” integratsiyasini yanada mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.

Davra suhbatida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться