O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
OTB bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2022-12-15 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligi, Osiyo taraqqiyot banki vakillari va loyiha tashabbuskorlari ishtirokida mazkur Bank hamkorligida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha yakuniy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kommunal va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalardagi loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilinib, ularni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish chora-tadbirlari tahlil qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va muddatlar ko‘rsatilgan bayonnoma ishlab chiqildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi