O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

2022-12-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 8-sonli Bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”da Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari mavzusida davra suhbati tashkil etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining mas’ul xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Dastlab Moliya vazirligi Davlat xaridlari departamenti direktori Sarvar Nazarov bugungi kunda mamlakatimizda davlat xaridlari sohasida 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda davlat xaridlari sohasida korrupsion xavf-xatarlarni va muammolarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar va tahlillar o‘tkazilganligi, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanayotganligi, mazkur sohada jamoatchilik nazorati o‘rnatilganligi, tegishli elektron tizimlarga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilingan holda mazkur ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.
 
Shu bilan birga, davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida taqdimot materiallari asosida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
 
Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining mas’ul xodimlari davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi. 
 
O‘tkazilgan davra suhbati yakunida davlat xaridlari sohasida 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan “Korrupsiyasiz soha” loyihasining 2023-yil uchun belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, kelgusida ham mazkur davra suhbatini doimiy ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться