O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokim yordamchilarining faoliyati va istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan anjuman

2022-12-28 | Siyosat

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada “hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi.

Bugungi kunda respublikadagi 9,3 mingdan ortiq mahallalarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda rahbar lavozimida ishlab kelgan iqtisodchilar hokim yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi hamda tegishli vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan “Onlayn mahalla” platformasi ishga tushirildi.

Birinchi bosqichda, hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi 6,9 mln. xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 ta toifaga ajratib olindi. Xatlovda aholining kasb-hunarga o‘qish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, kredit olish va boshqa istaklari o‘rganib chiqildi.
 
Hokim yordamchilariga yaratib berilgan sharoit va moliyaviy dastaklar qisqa davrda, ularga mahalla ahli bilan ijobiy munosabat o‘rnatish imkonini berib, aholini ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari natijadorligini oshirdi.
 
Hokim yordamchilariga bu masalalarni hal etish uchun 2022-yilda jami 12,5 trln.so‘m (1 mlrd. dollar) miqdorida moliyaviy instrumentlar manbalari shakllantirib berildi.
 
Mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholini barqaror daromad bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 
Bundan tashqari, hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganilib, har bir mahalla bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqildi.
 
2022-yilning o‘tgan davri mobaynida hokim yordamchilari tomonidan 1,2 mln nafar aholi doimiy ish joylariga joylashtirildi, 997 ming nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi, 101 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma ishchilari bilan birgalikda) va 158 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 418 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi.
 
Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 388 mingta loyihaga 9 trln. so‘mlik kredit ajratildi.
 
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha 174,0 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi.
 
Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga 243 ming nafar fuqaro yo‘naltirilib, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida 195 ming nafari o‘qishni tamomladi.
 
Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 48 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalarning 47 mingtasi ishga tushirilib, 232 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
 
Natijada mahallalarda 84 mingta yuridik va 95 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
 
Aholi yashash sharoitini yaxshilash maqsadida hokim yordamchilarining sa’y-harakati bilan mahallalarda:
 
20,6 ming km ta’mirtalab ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, 10,6 ming km yo‘llar asfaltlashtirildi, mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasida 1,8 ming km piyodalar yo‘lagi barpo etildi;
foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 6,5 ming dona transformator, 178 ming dona simyog‘ochlar va 151,7 ming dona tungi chiroq almashtirildi;
40,7 ming km ariqlarni tozalash va 9,3 ming ta vertikal va kichik sug‘orish quduqlarini qurish orqali 332 mingdan ortiq xonadonlar tomorqasi suv bilan ta’minlandi.
 
Bugungi anjuman xalqaro ekspertlar, vazirliklar, idoralar, banklar, mahalliy hokimliklar, hokim yordamchilari va tadbirkorlar ishtirokida tashkil etiladi. Unda hokim yordamchilarining “mahallabay” ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolar hamda “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilinadi.
 
Tadbir doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sessiyalar tashkil etiladi:

- tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish - moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlari, mikrokreditlash tizimi, muammolar va yangi yondashuvlar;

- ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyilining joriy etilishi, “agregator” tizimining afzalliklari, ijarachilarni kooperativlarga birlashtirish, yerdan olinadigan daromadni oshirish;

- aholini daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, mavsumiy ishlar, kasanachilik va kooperatsiyalarni tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish hamda bu boradagi mavjud soliq imtiyozlari;

- aholini kambag‘allikdan chiqarish mexanizmlari: kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik, subsidiyalash tizimi va boshqalar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться