O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Vazirlar Mahkamasining “Tabiat himoyachisi” qo‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

11.08.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni ta'sis etildi.

“O‘zbekiston-Eron” ilmiy loyihalar tanlovi

11.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Eron fan va texnologiya vazirligi bilan hamkorlikdagi ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti soha klasteriga aylanmoqda

11.08.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rdi.

“Uzbekistan GTL” zavodi nufuzli xalqaro mukofot nomzodlari ro‘yxatiga kiritildi

09.08.2022IqtisodiyotManba: O'zA

“Uzbekistan GTL” zavodi loyihasi AQSHning neft va gazni qayta ishlash sohasidagi yetakchi bo‘lgan Hydrocarbon Processing jurnalining HP Awards nufuzli mukofotining “Eng yaxshi gazni qayta ishlash texnologiyasi nominatsiyasi”da kuchli uchlikka nomzod sifatida tanlandi.

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Rossiya mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi

09.08.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

2022-yilning 9-12-avgust kunlari mamlakatimizda ilk bor O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya kabi davlatlardan 60 nafar ekspert ishtirokida Mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi.

“Uzauto Motors” AJning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirish uchun dastlabki qadam tashlandi

09.08.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

“UzAuto Motors” AJ oddiy aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasining kotirovkalash varag‘iga (birja listingiga) kiritildi. Jamiyat aksiyalarining fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirilishini amalga oshirish 2022-yil IV yoki 2023-yil I-choragida rejalashtirilgan.

"O‘zbekiston ShHT davlatlari rassomlari nigohida"

09.08.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sammiti”ning madaniy qismi mazmunini boyitish maqsadida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ShHT mamlakatlari taniqli rassomlarining “O‘zbekiston ShHT mamlakatlari rassomlari nigohida” ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Singapur Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

09.08.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Singapur Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharudinni qabul qildi.

2022-yil 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.

08.08.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek, festivalda “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ko‘magida, “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda “AntiHack Challenge” turniri o‘tkaziladi

08.08.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

11-avgust kuni kiberxavfsizlik bo‘yicha “AntiHack Challenge” turniri bo‘lib o‘tadi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT Park, Cisco va digital operator Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.

Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifni tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

05.08.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev raisligida hamda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida O'zbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Podshohligiga rejalashtirilgan tashrifini tayyorlash masalalarini muhokama qilishga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

"Asakabank" AJning operatsion imkoniyatlari o'rganildi

05.08.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev "Asakabank" AJ faoliyati va operatsion imkoniyatlari bilan tanishdi.

OTM prorektorlari ishtirokida seminar-trening o'tkazilmoqda

04.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida bugun,  4-avgust kuni Oliy ta'lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari ishtirokida seminar-trening o'tkazildi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv

04.08.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dolzarb 30 kunlik: Paxtachilik kengashi tomonidan Namangan viloyatida o'quv-seminar o'tkazildi

04.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

«Namangan elita urug'chilik» xo'jaligi g'o'za maydonlarida 2022-yilda urug'chilik uchun ekilgan maydonlarda g'o'za aprobatsiyasini o'tkazish va 2023-yil hosili uchun sifatli urug'lik zaxirasini yaratish bo'yicha ko'rgazmali o'quv-seminar o'tkazildi.

Pochta aloqasi faoliyatida boshqaruv axborot tizimlarini kengroq joriy etish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi

04.08.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning 3-avgust kuni pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi bilan tanishish maqsadida Toshkent shahridagi 100-son pochta aloqa bo‘limiga bordi.

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT Oliy komissari bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi

03.08.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari haftaligida 50 dan ortiq ilmiy muassasalar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda

03.08.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida «O'zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasi, «O'zyog'moysanoat» uyushmasi, «Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi», Oliy ta'lim vazirligi (jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Guliston davlat universiteti va boshqalar), Fanlar akademiyasining muassasalari hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oziq-ovqat mahsulotlari haftaligi o'z ishini boshladi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlik salohiyatini samarali ishga solish muhimligini ta’kidladi

02.08.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Buxoroda olti oyda 196 ta loyiha ishga tushirildi

02.08.2022IqtisodiyotManba: O'zA

Bu haqida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov ma’lum qildi.