O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2022-yil 11-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Welcome to Bustanlik” xalqaro milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tadi.

2022-08-08 | Turizm

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shuningdek, festivalda “Milliy PR-markazi” DUK, Toshkent viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari ko‘magida, “Amirsoy” dam olish maskani va boshqa tashkilotlar ham ishtirok etmoqda.

Mazkur festivalda 6000 dan ortiq mehmonlar, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus va MDHning boshqa davlatlaridan 1000 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida yetakchi oshpazlar, restavratorlar, umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqaruv xodimlari va boshqalar bor. Festival doirasida tanlovlar, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, musiqiy jamoalarning chiqishlari va h.k. kutilmoqda.

Ushbu tashabbus Toshkent viloyatida gastronomik va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek:

- mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni, o‘zaro ishonch, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash;

- tinchlik va xavfsizlikni saqlash;

- tabiiy obyektlarni asrab-avaylash va saqlash;

– O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish

Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tadbirga tashrif buyuruvchilarni 10 avgustgacha ro‘yxatga olinadi.

Manzil: Amirsoy Resort avtomobil to‘xtash maydonchasi

Vaqti: 11-avgust, 10:00 dan 22:00.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться