O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Asakabank" AJning operatsion imkoniyatlari o'rganildi

2022-08-05 | Iqtisodiyot

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev "Asakabank" AJ faoliyati va operatsion imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xususan, joriy yilning 2-choragi yakunlariga ko'ra bank aktivlari 4,6 milliard dollarni, kredit portfeli 3,3 milliard dollarni hamda kapitallashuvi 600 million dollarni tashkil etgani qayd etildi.

Asakabankning AQSh, Evropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya va Yaponiyaning 40 dan ortiq banklari bilan vakillik tarmog'i hamda yillik aylanmasi 1 milliard dollardan ko'proq bo'lgan 20 dan ortiq savdo moliyalashtirish liniyalari borligi aytildi. Bankka Fitch Ratings tomonidan BB- va Moody's tomonidan B1 xalqaro kredit reytinglari berildi. Bankning tashqi moliyalashtirish portfeli 2,1 milliard dollardan oshdi.

Bosh vazir o'rinbosari Asakabankning raqamlashtirish, korporativ boshqaruv, xavflarni boshqarish, g'aznachilik, chakana biznes va kadrlar sohasidagi transformatsiya jarayoni, shuningdek, transformatsiya va xususiylashtirish doirasidagi barcha loyihalarni muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblangan Loyiha ofisi faoliyati bilan tanishdi. Xavflarni monitoring qilish (Risk Assessment System) va g'aznachilik hisoboti (Treasury Management System) bo'yicha bank tomonidan ishlab chiqilgan tizimlarining imkoniyatlari namoyish etildi.

Tashrif yakunida Loyiha ofisi faoliyati, jumladan, raqamli transformatsiya ishlarini davom ettirish va uning operatsion faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться