O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
OTM prorektorlari ishtirokida seminar-trening o'tkazilmoqda
2022-08-04 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vazirligida bugun, 4-avgust kuni Oliy ta'lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari ishtirokida seminar-trening o'tkazildi.
Unda joriy yilda vazirlik tomonidan tashkil etilgan Qozon federal universitetida qisqa muddatli stajirovka o'tab kelgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha rahbar o'rinbosarlari Rossiyaning ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi tajribasi va ularni yurtimizda qo'llash imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.
Tadbirning birinchi kuni «Zamonaviy universitetda biznes jarayonlar», «Muvaffaqiyatli loyiha uchun 24 qadam», «Universitet 4.0. Transformatsiya va rivojlantirish istiqbollari», «Aktseleratsiya vositalari» kabi mavzularda ma'ruzalar o'qildi, taqdimotlar qilindi, savollarga javoblar berildi.
O'z navbatida, Seminar ishtirokchilari intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib, bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildilar.
Seminar-trening 2 kun davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi