O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Rossiya mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi

2022-08-09 | Jamiyat

2022-yilning 9-12-avgust kunlari mamlakatimizda ilk bor O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya kabi davlatlardan 60 nafar ekspert ishtirokida Mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi.

Mehnat inspeksiyasi mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimining muhim qismi bo‘lib, mehnat qonunchiligini amaliyotga tatbiq qilish va rioya etilishi vazifasini bajaradi.

Inspeksiya ishining umumiy sifatini ta’minlashda inspektorlarning mehnat sharoitlari muhim rol o‘ynaydi. Taxminan 175 yil davomida butun dunyo bo‘ylab inspektorlar ko‘plab yo‘nalishlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash ustida ishlamoqda.

Shunga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy barqarorlikni oshirish, qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, mehnat inspektorlarining institutsional salohiyatini oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb qilish maqsadida mintaqalararo muloqot madaniyatini shakllantirish, Mehnat inspeksiyalari o‘rtasida ilg‘or tajriba almashish, umumiy muammolarning yechimlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish zarurdir.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Markaziy Osiyo va Rossiya davlat mehnat inspektorlarining birinchi mintaqaviy forumini tashkil qilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyada mehnat sohasida davlat nazoratini amalga oshirish siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlash, malaka oshirish va tajriba almashish orqali mehnat inspektorlarining bilim darajasi, ishchanligi va samaradorligini oshirishdan iborat.

Forum doirasida ishtirokchi davlatlarning Davlat mehnat inspeksiyalari vakillari Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy tamoyillari, migratsiya qonunchiligi masalalari, “Vision zero” ("Nol jarohatlar") konsepsiyasi, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat qonunchiligiga oid masalalarni muhokama qiladilar hamda davlat mehnat inspektorining shaxsiy, kasbiy o‘sishiga,
emotsional boshqarish ko‘nikmalariga va boshqalarga qaratilgan treninglar o‘tkaziladi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va mehnat huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, jumladan, mamlakatimiz Mehnat inspeksiyasining huquqiy va tashkiliy salohiyatini rivojlantirish hamda mustahkamlash bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqiladi.

Xususan, Forum fuqarolarning mehnat huquqlari va ish beruvchilar manfaatlarini himoya qilish sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal etish, shuningdek, ishchilarning hayoti xavfsizligi, salomatligi va farovonligini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etuvchi yosh mehnat inspektorlari hamjamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться