O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston-Eron” ilmiy loyihalar tanlovi

2022-08-11 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Eron fan va texnologiya vazirligi bilan hamkorlikdagi ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Eron tomonidan birgalikda hamkor topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.

Loyihaning davomiyligi 24 oydan oshmasligi shart.

Tanlovga faqat bitta ijrochi tomonidan taqdim etilgan loyihalar, shuningdek ekspertiza natijalari bo‘yicha bir tomonlama yoki ikkala tomondan ham moliyalashtirish rad qilingan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi.

Tanlov shartlari.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali 2022-yilning 1-noyabriga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Tanlovga loyihalarni taqdim etishda uni amalga oshirish uchun so‘ralayotgan umumiy moliyaviy mablag‘larni (5-shakl) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom”ning 90-bandiga muvofiq to‘g‘ri shakllantirish uchun grant.mininnovation.uz  elektron platformasiga quyidagi havolada joylashtirilgan Excel- jadvaldan foydalanish tavsiya etiladi: http://grant.mininnovation.uz/site/example-docs.

Ilmiy loyiha hujjatlarini grant.mininnovation.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida quyidagi hujjatlar asl nusxalarining pdf/doc shakli elektron platformaga yuklanishi lozim:

  • ijrochi tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan yo‘llanma xat (pdf);
  • ijrochi tashkilotning ilmiy (ilmiy-texnik) kengashi qaroridan ko‘chirma (.pdf);
  • amaliy yoki innovatsion loyiha matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda, pdf va doc/docx).

Ilmiy loyihalarni grant.mininnovation.uz elektron platformasining “Tanlovga ilmiy loyiha taqdim etish” sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-32 (242, 540).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться