O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oziq-ovqat mahsulotlari haftaligida 50 dan ortiq ilmiy muassasalar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda

2022-08-03 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida «O'zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasi, «O'zyog'moysanoat» uyushmasi, «Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi», Oliy ta'lim vazirligi (jumladan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Guliston davlat universiteti va boshqalar), Fanlar akademiyasining muassasalari hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan Oziq-ovqat mahsulotlari haftaligi o'z ishini boshladi.

Ushbu haftalikda 50 dan ortiq ilmiy muassasalar hamda korxonalar o'zlarining 200 ga yaqin mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Mazkur haftalik doirasida innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko'rgazmasi hamda drayver loyihalari taqdimotlari o'tkazilmoqda. Xususan, «O'zbekiston oziq-ovqat sanoati» uyushmasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, «O'zyog'moysanoat» uyushmalari o'z loyihalarini taqdimotlarini o'tkazdilar.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda oziq-ovqat sohasini rivojlantirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan innovatsion, amaliy, fundamental va tijoratlashtirish loyihalari bo'yicha 14 ta loyihalarga 20,9 mlrd.so'm mablag' ajratilgan. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida jahon andozalariga mos bo'lgan import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться