O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dolzarb 30 kunlik: Paxtachilik kengashi tomonidan Namangan viloyatida o'quv-seminar o'tkazildi
2022-08-04 | Jamiyat
«Namangan elita urug'chilik» xo'jaligi g'o'za maydonlarida 2022-yilda urug'chilik uchun ekilgan maydonlarda g'o'za aprobatsiyasini o'tkazish va 2023-yil hosili uchun sifatli urug'lik zaxirasini yaratish bo'yicha ko'rgazmali o'quv-seminar o'tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashi raisi, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Namangan viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari, qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i va o'rinbosarlari, agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi viloyat boshqarmasi boshlig'i, viloyat Agroxizmatlar markazi direktori, urug'chilikni rivojlantirish markazi viloyat boshqarmasi boshlig'i va tumanlarning shu kabi sohaga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashi tomonidan hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, super elita va elita urug'larini ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi navlarni yaratish, bu borada olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Seminarda dala sharoitida g'o'za navdorligini aniqlash bo'yicha aprobatsiya o'tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, g'o'za navlarini to'g'ri joylashtirish va sifatli urug'lik jamg'armasini yaratishda g'o'za aprobatsiyasining maqsad va vazifalari, urug'lik paxta maydonlarida dala aprobatsiyasini normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida o'tkazilishini nazorat qilib borish, sog'lom urug'lik fondini yaratishda o'simliklarni himoya qilish sohasi olim va mutaxassislarining asosiy vazifalari, elita urug'chilik xo'jaliklariga yuqori navdorlikka ega bo'lgan g'o'za navlarining original urug'lik materiallarini yetkazib berilishida institut va nav mualliflarining olib borayotgan ishlari, yangi yaratilayotgan va istiqbolli g'o'za navlarini davlat nav sinash uchastkalariga topshirish va sinov o'tkazish tartibi, urug'lik maydonlarda aprobatsiya ko'riklarini o'tkazish, navga xos bo'lmagan g'o'za tuplaridan tozalash, hosilini terib olish tartibi va yaroqsiz deb topilgan maydonlardan urug'lik paxta terishga yo'l qo'ymaslik to'g'risida so'z yuritildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi