O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Uzauto Motors” AJning aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirish uchun dastlabki qadam tashlandi
2022-08-09 | Iqtisodiyot
“UzAuto Motors” AJ oddiy aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasining kotirovkalash varag‘iga (birja listingiga) kiritildi. Jamiyat aksiyalarining fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirilishini amalga oshirish 2022-yil IV yoki 2023-yil I-choragida rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ–90-son Qaroriga muvofiq, “UzAuto Motors” AJ aksiyalarini fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirish vazifasi belgilangan.
Shu maqsadda, 2022-yil 15-aprel sanasida jamiyat tomonidan aksiyalarni fond bozorida ommaviy joylashtirishni tashkillashtiruvchi anderrayterlarni tanlab olish bo‘yicha rasmiy tender e’lon qilindi. Tender natijasiga ko‘ra, “Freedom Finance” MChJ investitsiya vositachisi boshchiligidagi anderrayterlar konsorsiumi g‘olib deb topildi va 2022-yil 7-iyul sanasida shartnoma imzolandi.
Ma’lumot uchun: 2021-yil aprel oyida “UzAuto Motors” AJ tomonidan 300 mln. AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik xalqaro obligatsiyalari 4,85 foiz kupon stavkasi bilan London fond birjasida muvaffaqiyatli joylashtirilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi