O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Pop tumani adirliklarida quyosh elektr stansiyasi quriladi

07.01.2022IqtisodiyotManba: O'zA

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov Xitoy Xalq Respublikasining “FHT Future technology ltd.” kompaniyasi bosh direktori Li Jin Ven boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini Yagona portal orqali olish tartibi belgilandi

07.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qoraqalpog‘istonda investitsiyalarni jalb etish va eksportni oshirishning yangi tizimini joriy qilish ishlari davom etmoqda

07.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining barcha hududiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qutlov. O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasini Tohir Saliyev boshchiligida olib borgan faoliyatiga 5 yil to‘lishi munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

06.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Mamlakatimizda turizm va aviatsiya sportini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissangiz, tarixiy obidalar ustidan amalga oshirgan unutilmas parvozlaringiz uchun tashakkurimizni izhor etamiz. 

Investitsiyalar va tashqi savdo sohasida 2022-yilga mo‘ljallangan dolzarb vazifalar muhokama qilindi

06.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida 2021-yildagi investitsiyalar va tashqi savdo faoliyati yakunlari hamda 2022-yilda investitsiyalarni jalb etishni yanada rag‘batlantirish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, boshqa dolzarb vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan bevosita va onlayn tarzida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilarining kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

06.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti o‘qituvchilari - Praveen Kumar va Seema Rawat professorlari “Hisoblash intellekt va tibbiyot uchun bashorat tahlili" ("Computational intelligence & predictive analysis for medical science”) nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

“Аyollar daftari” mahalla raislariga alohida mas'uliyat yuklaydi

05.01.2022JamiyatManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida «Ayollar daftari»ni yuritish va kooperatsiyalar tashkil etish” mavzusida yig'ilish o'tkazildi.

Toshkentda ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etiladi

05.01.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan YUNISЕF ko‘magida ijtimoiy himoyalanmagan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkaziladi.

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflari

06.12.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflari

Toshkentda dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi

05.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

8-25-yanvar kunlari poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish–raqamli iqtisodiyot uchun muhim omildir

05.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Respublikamizning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishdir.

Umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish - muhim vazifa

05.01.2022Ta’limManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasida YAngi yil bayrami va dam olish kunlari umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida 29-dekabrdan 5-yanvar kuniga qadar mas'ul xodimlardan iborat 24 soatlik navbatchilik tizimi samarali faoliyat ko'rsatyapti. 

Xalqaro auditorlik kompaniyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning moliyaviy faoliyatiga ijobiy xulosa berdi

30.12.2021JamiyatManba: O'zA

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019 – 2020-yillar uchun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini “big four” katta to‘rtlikka kiruvchi Xalqaro auditorlik kompaniyasi — “Ernst & Young” MCHJ tomonidan auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi.

Yagona interaktiv portalini yanada rivojlantirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

30.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida UZINFOCOM yagona integratori vakillari hamda TATU o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston agrar sohadagi raqamlashtirish doirasida ishlab chiqilgan yangi dastur va tizimlar taqdimoti o‘tkazildi

30.12.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini jadal raqamlashtirish bo‘yicha dasturlar doirasida yaratilgan 10 ta axborot tizimi va platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyatining chekka hududlari mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlanmoqda

29.12.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Surxondaryo viloyatining mobil aloqa qamrovi mavjud boʻlmagan Sherobod tumanidagi Xoʻjaanqo qishlogʻi hududiga Ucell aloqa operatorining baza stantsiyalarini oʻrnatish orqali aholining mobil aloqa va internet xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji ta'minlandi.

Vazirlar mahkamasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga qabul qilish tartibi bo‘yicha nizomi tasdiqlandi

29.12.2021Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlik tojini kiygan eng yosh jahon chempioniga aylandi

29.12.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 17 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Abdusattorov ushbu yo‘nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

“Tashabbusli budjet” jarayonida faol ishtirok etgan fuqarolar, OAV vakillari va moliya tizimi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

29.12.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni “Tashabbusli budjet” jarayoni yakunlariga ko‘ra, eng faol ishtirok etgan fuqaro, OAV vakillari va moliya tizimi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

MSK raisi Z.Nizamxodjayev "SHHT ning 20-yilligi" yubiley medali bilan taqdirlandi

29.12.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Vladimir Norov qator vazirlik va idoralar rahbarlari hamda vakillari qatorida Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayevga "Shanxay hamkorlik tashkilotiga 20 yil" yubiley medalini tantanali topshirdi.