O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Аyollar daftari” mahalla raislariga alohida mas'uliyat yuklaydi

2022-01-05 | Jamiyat

Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida «Ayollar daftari»ni yuritish va kooperatsiyalar tashkil etish” mavzusida yig'ilish o'tkazildi.

Unda kengash raisi M.Nosirov, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi O.Parpiboeva, “Ayollar daftari” bo'yicha hududlardan biriktirilgan mas'ullar ishtirok etdi.

Asosiy e'tibor “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichda amalga oshiriladigan ishlarning natijadorligiga qaratildi.

Ta'kidlanganidek, “Ayollar daftari”ga kiritiladigan barcha xotin-qizlarning ehtiyojmandlik darajasi (toifalar) 3 taga qisqartirilib, jami 6 ta etib belgilangan.

Shundan kelib chiqib, daftarga kiritiladigan xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlarini monitoring qilishda “Individual anketa”larni to'ldirish muhimdir. Bu bo'yicha har bir hududda joriy yil 5 yanvardan boshlab 8 nafardan iborat bo'lgan ishchi guruh faoliyat olib boradi.

Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reestri” ga kiritilganlarni muvofiqligini ta'minlash bo'yicha shaxsiy mas'uliyat ishchi guruh rahbarlari va mahalla raislari zimmasiga yuklatiladi.

Yig'ilishda kooperatsiya asosida ish o'rinlarini yaratish, ayollarni kasb-hunarga yo'naltirish, kredit ajratish ishlarini tizimli tashkil etish bo'yicha fikr almashildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться