O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish - muhim vazifa
2022-01-05 | Ta’lim
Toshkent viloyati Xalq ta'limi boshqarmasida YAngi yil bayrami va dam olish kunlari umumta'lim maktablarda favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida 29-dekabrdan 5-yanvar kuniga qadar mas'ul xodimlardan iborat 24 soatlik navbatchilik tizimi samarali faoliyat ko'rsatyapti.
Navbatchilik davomida farzandingiz tahsil olayotgan yoki o'zingiz faoliyat yuritadigan ta'lim maskanlarida yuz bergan favqulodda hodisalar yuzasidan (71) 231-65-71 hamda (97) 402-84-11 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Bu haqda viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Shuningdek, mas'ullar tomonidan navbatchilik tuman-shahar XTBlarida ham joriy qilingan. Qishki ta'til kunlari o'quvchilarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida maktablarda turli fan to'garaklari, sport zallari va kutubxonalar faoliyat yuritadi.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi