O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Tarjimashunoslik va lug'atshunoslik innovatsiya markazi binosi Navro'z arafasida ishga tushadi

11.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

«Tarjimashunoslik va lug'atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug'at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish» maqsadli amaliy loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd.so'm mablag' bilan moliyalashtirilgan bo'lib, ushbu loyiha Andijon davlat universitetining chet tillar fakul`teti negizida amalga oshirilishi belgilangan.

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida IT-tanlov o‘tkazildi

11.01.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari  o‘rtasida bo‘lib o‘tgan IT-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Мis sanoatini rivojlantirishda chili tajribasidan foydalaniladi

11.01.2022IqtisodiyotManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Ma'lumki, Prezidentimizning 2021-yil 24-iyundagi ”Kon-metallurgiya sanoati va unga bog'liq sohalarni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori va 2021-yil 22-dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi davomida bir qator vazifalar belgilangan edi.

Xorijdagi vatandoshlar Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga qanday takliflar berishdi?

10.01.2022SiyosatManba: O'zA

Bugun Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi xorijdagi vatandoshlar bilan muhokama qilindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidov Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasinining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Energetika vazirligi: besh yilda 4,2 milliondan ortiq xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilandi

10.01.2022JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

2017-2021-yillar davomida uzunligi 40 600 km. bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformator punktlari yangilandi.

Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʼjaev ishchi guruh yigʼilishida ishtirok etdi

10.01.2022JamiyatManba: Toshkent shahar hokimligi

Bugun, 10-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxt kommunal sohasini rivojlantirish, bozorlardagi narx-navolar barqarorligini taʼminlash, fuqarolarning joylardagi muammolarini oʼrganish va hal qilish, huquqbuzarliklar va shu kabi aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan omillarning oldini olish boʼyicha ishchi guruhning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Toshkent viloyatida uzumchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha Italiya tajribasi tadbiq etiladi

10.01.2022IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ko‘magida Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jamshid Bobojonov va Parkent tumani hokimi Shohrux Shoahmedovning Italiyaga amaliy safari tashkil etildi.

Inson qadrini ulug'lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir

10.01.2022JamiyatManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

O'tayotgan yillar yurtimiz, xalqimiz hayotida yorqin voqeliklarga boy bo'ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasini odamlar o'z turmushlarida ko'rib, his qilishmoqda. Hududlardagi ulkan bunyodkorliklar, obod manzillar hayotimizga yangicha zeb bermoqda. 

Xorazm viloyatida biznes masalalari muhokama qilindi

10.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Xorazm viloyati ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashib, ular bilan hududdagi dolzarb masalalar va ishbilarmonlarning muammolarini muhokama qildi.

Xorazm viloyatida investitsiya loyihalarini ilgari surishning yangi mexanizmi joriy etilmoqda

08.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xorazm viloyatidagi tuman va shahar bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi investitsiya faoliyati muhokama qilindi

08.01.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya tarzida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida investitsiya faoliyatining bugungi holatini va sohadagi dolzarb vazifalarni o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2022-yildan O‘zbekistonda qancha daraxt o‘sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo‘layotgani nazoratga olinadi

08.01.2022JamiyatManba: O'zA

Daraxtlarning joriy yilda o‘simliklarning vegetatsiya davrida navbatdagi inventarizatsiyasi bo‘lib o‘tadi. Shundan keyin qancha daraxt o‘sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo‘lgani ma’lum bo‘ladi.

"O‘ztransgaz" AJ: 2022-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ishlab chiqildi

08.01.2022JamiyatManba: O'zA

"O‘ztransgaz" AJ tizimidagi har bir korxonada tartibga ko‘ra tunu-kun uzluksiz tarzda ish olib borilyapti.

Taʼlim muassasalardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlar uchun oʻquv-seminar tashkil etildi

08.01.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Мamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sarhisob: 2021-yil - Ichki ishlar organlarida tub islohotlar yili

31.12.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish barobarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar samarasi o‘laroq, ichki ishlar organlarida ham tizimli ishlar qilinmoqda. Sohada o‘tkazilayotgan islohotlarning salmog‘ini ichki ishlar organlari boshqaruv tizimi to‘liq maqbullashtirilgani, shaxsiy tarkib quyi bo‘g‘inda, bevosita aholi o‘rtasida xizmat qilishi taʼminlanganida ham ko‘rish mumkin. Buning uchun har 35–40 ming aholiga xizmat ko‘rsatadigan qo‘shimcha 261 ta yangi ichki ishlar bo‘limi tashkil etildi.

Ochiq muloqot oʻzaro ishonch asosida boʻlib oʻtdi

08.01.2022JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Xorazm viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda qonuniylikka rioya qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

KPI tizimini tatbiq etishning istiqbollari

07.01.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Bugun 7-yanvar kuni bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati hamda xodimlarning samaradorligini baholashda KPI tizimini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

“English for Science” loyihasining 2-fasli natijalari

07.01.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Recpublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan 2021-yilning aprel oyidan “English for Science” loyihasining 2-fasli tanlovi e'lon qilindi. Unda 1167 nafar nomzodlar ishtirok etish istagini bildirishdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.01.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov xizmat safari davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida ham bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi 76-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qo‘mita xodimlariga tushuncha va ko‘rsatmalar berdi.