O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pop tumani adirliklarida quyosh elektr stansiyasi quriladi
2022-01-07 | Iqtisodiyot
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqov Xitoy Xalq Respublikasining “FHT Future technology ltd.” kompaniyasi bosh direktori Li Jin Ven boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Xitoylik investorlar guruhi tomonidan Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan 1 ming 200 gektar yer maydonida quyosh energiyasidan foydalangan holda muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiya qurish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Investorlar tomonidan keyingi bosqichda shu hududning o‘zida quyosh panellari, batareyalari va uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark quriladi.
Ma’lumot o‘rnida, viloyat iqtisodiyoti hamda investitsion salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur istiqbolli loyiha qiymati 300 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Muloqot yakunida Namangan viloyati hokimi hamda kompaniya bosh direktori o‘rtasida shartnoma imzolandi. Istiqbolli loyihani hamkorlikda, jadal sur’atlarda amalga oshirishga kelishib olindi.
Loyihaga ko‘ra, kompaniya tomonidan zamonaviy issiqxonalar, quyosh panellarini Namanganda yig‘ish va eksportga yo‘naltirish ham rejalashtirilmoqda.
Manba: O'zA