O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo viloyatining chekka hududlari mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlanmoqda
2021-12-29 | Jamiyat
Surxondaryo viloyatining mobil aloqa qamrovi mavjud boʻlmagan Sherobod tumanidagi Xoʻjaanqo qishlogʻi hududiga Ucell aloqa operatorining baza stantsiyalarini oʻrnatish orqali aholining mobil aloqa va internet xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji ta'minlandi.
Bugungi kunda viloyatdagi mobil aloqa baza stantsiyalarining umumiy soni 2 796 tani va mobil abonentlar soni 1,5 mln. nafarni tashkil etmoqda. Viloyatda aholi yashash maskanlarining aloqa qamrovi 98 foiz, internet qamrovi 84 foiz va raqamli televideniya qamrovi 100 foizni tashkil qiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi