O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tashabbusli budjet” jarayonida faol ishtirok etgan fuqarolar, OAV vakillari va moliya tizimi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

2021-12-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-dekabr kuni “Tashabbusli budjet” jarayoni yakunlariga ko‘ra, eng faol ishtirok etgan fuqaro, OAV vakillari va moliya tizimi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Мamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish bo‘yicha olib borilayotgan keng islohotlar natijasida budjet jarayonining shaffofligini hamda budjet jarayonida fuqarolar ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu bois, mamlakatimizda budjet mablag‘larining sarflanishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda fuqarolarni budjet jarayoniga keng jalb qilish maqsadida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat budjeti ma'lumotlarining ochiqligini ta'minlash hamda byudjet jarayonlariga fuqarolarni keng jalb qilish Moliya vazirligining ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib, mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida vazirlik tomonidan – “Ochiq budjet” axborot portali yangi tahrirda ishga tushirildi. Ushbu tashabbusli budjet jarayoni joriy yilda ilk marotaba uch bosqichda o‘tkazildi. Shu bois, marosim avvalida 2021-yilda amalga oshirilgan yangi loyiha – “Tashabbusli budjet” jarayoni natijalari yuzasidan video rolik hamda yangilangan “Tashabbusli budjet” jarayonini 2021-yilgi bosqichlarini yorituvchi esdalik al'bom taqdimoti ishtirokchilar e'tiboriga havola qilindi. 

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov kirish so‘zi bilan ishtirok etib, mazkur jarayonlarda o‘z ovoz va takliflari bilan faol ishtirok etgan fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusi 2022-yilda ham mazkur tartib respublikaning barcha tuman va shaharlariga keng tatbiq etilishi hamda hududlardagi mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etilishida fuqarolarning takliflari va ovoz berishlarini bevosita – “Ochiq budjet” axborot portali orqali vazirlik tomonidan kutib qolinishini alohida ta'kidlab o‘tdi. 

Tadbir davomida yangi ko‘rinishda taqdim etilgan “Ochiq budjet” axborot portali va Tashabbusli budjet jarayonini ishga tushirilishi, shuningdek joriy qilingan mexanizmning insonlar hayotidagi o‘rni va islohotlar natijalari yuzasidan fuqarolar, bloger va jurnalistlar so‘zga chiqib, joylardagi muammoli va dolzarb masalalarning amalga oshirilganligi haqida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Quvonarli jihati shuki, marosimning yakuniy qismida tashabbusli budjet jarayonini yoritishda Moliya vazirligiga yaqindan yordam bergan OAV vakillari, tashabbusli budjet jarayonida faol ishtirok etib “g‘olib” deb topilgan eng tashabbuskor fuqarolar, fuqarolarni budjet jarayoniga keng jalb qilish bo‘yicha amalga oshirib kelingan ishlarga o‘z hissasini qo‘shgan Moliya vazirligi xodimlari hamda Moliya vazirligining hududiy moliya organlari xodimlariga alohida minnatdorchilik bildirildi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, o‘tkazilgan marosimda fuqarolar o‘zlarining tegishli hududlaridan “Zoom” ilovasi orqali ishtirok etdi hamda tashabbuskor fuqarolar uchun Moliya bosh boshqarmalari rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться